Xalqaro konferensiyaning ilmiy yo‘nalishi, maqsadi va vazifalari: Bugungi kunda respublikamizda oliy ta’lim muassasalarida Jismoniy tarbiya tizimida ta’lim, tarbiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, oliy ta’lim mazmun-mohiyatini takomillashtirish va sohaga iqtidorli yoshlarni jalb etishga katta e’tibor berilmoqda. Ushbu xalqaro konferensiya o‘tkazishdan maqsad – zamonaviy oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish muhokama qilishdan iborat:
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifat va samaradorligini oshirish;
- maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini zamonaviy tendensiyalar asosida uzluksizligini ta’minlash;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini sifat va samaradorligini oshirish;
- jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish;
- ta’lim-tarbiya jarayonini infratuzilmasini yaxshilash va sohaga oid xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish.





